Toshkentda hafta davomida havo harorati pasayib boradi

Toshkent shahrida 20−25-iyul kunlari uchun ob-havo ma’lumoti.
Bugun, dushanba kuni havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +43°C gacha ko‘tariladi, kechasi esa +27°C atrofida bo‘ladi.
Seshanba, 21-iyulda havo asosan quyoshli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik ehtimoli past. Kunduzi havo +34°C, kechasi esa +23°C bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Chorshanba kuni o‘zgaruvchan bulutli ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati +33°C, kechasi esa +23°C atrofida bo‘ladi.
23-iyul, payshanba kuni ham qisman bulutli ob-havo kuzatiladi. Kunduzi havo +33°C, kechasi esa +23°C bo‘lishi kutilmoqda.
Jumada havo quyoshli bo‘ladi. Kunduzi harorat +35°C gacha ko‘tariladi, kechasi esa +22°C atrofida saqlanadi.
Shanba, 25-iyulda ham quyoshli ob-havo davom etadi. Kunduzi havo +37°C, kechasi esa +23°C bo‘lishi prognoz qilinmoqda.