“Alisher Navoiy” va “Paxtakor” metro bekatlari orasidagi eskalatorlardan biri vaqtincha yopildi

E’lon qilingan sana· 86
“Alisher Navoiy” va “Paxtakor” metro bekatlari orasidagi eskalatorlardan biri vaqtincha yopildi

21-iyuldan 17-avgustgacha Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatidan “Paxtakor” bekatiga o‘tish yo‘lidagi 3-raqamli ET-5M rusumli eskalator vaqtincha ishlamaydi.

Metro ma’muriyatining ma’lum qilishicha, ta’mirlash ishlari davomida 1984-yildan buyon foydalanib kelinayotgan eskalatorning tortuvchi zanjirlari almashtiriladi. Bu uning ishonchliligi va yo‘lovchilar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

Yo‘lovchilardan ta’mirlash davrida yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling