“Moviy gumbazlar” tarixiy qiyofasiga qaytariladi

E’lon qilingan sana· 119
“Moviy gumbazlar” tarixiy qiyofasiga qaytariladi

Toshkentdagi modernizm me’morchiligining mashhur namunalaridan biri — “Moviy gumbazlar” (Golubiye kupola) ilmiy tadqiqotlar asosida va xalqaro restavratsiya tamoyillariga muvofiq qayta tiklanadi.

Madaniy meros agentligining ma’lum qilishicha, agentlikning birinchi o‘rinbosari Elmurod Najimov obyekt muallifi, taniqli me’mor Vil Muratov bilan birgalikda binoni ko‘zdan kechirgan. Hozirda uning dastlabki me’moriy-badiiy qiyofasini o‘rganish va tiklash ishlari boshlangan.

  • false
  • false

1968−1970-yillarda qurilgan “Moviy gumbazlar” Toshkent modernizmining yorqin namunalaridan biri bo‘lib, 2019-yilda ko‘chmas moddiy madaniy meros obyektlarining Milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

So‘nggi yillardagi ta’mirlash ishlari davomida obyektning mozaik bezaklari o‘zgargani sababli endi uni asl ko‘rinishiga qaytarish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda xalqaro ekspertlar, mahalliy me’morlar, san’atshunoslar va restavratorlardan iborat maxsus ishchi guruh tuziladi.

  • false
  • false
  • false

Loyiha ustida me’morchilik tadqiqotchilari Yekaterina Golovatyuk, Boris Chuxovich va Fotima Abdurahmonova ham ishlaydi. Mutaxassislar obyektning tarixiy va badiiy qimmatini saqlab qolish hamda uni kelajak avlodlarga yetkazishga qaratilgan ilmiy asoslangan restavratsiya yechimlarini ishlab chiqadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling