Mangal Fest sabab Sergelidagi ko‘chaning bir qismi vaqtincha yopiladi

E’lon qilingan sana· 78
Mangal Fest sabab Sergelidagi ko‘chaning bir qismi vaqtincha yopiladi

Mangal Fest 2026 festivali o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri Sergeli tumanidagi So‘g‘diyona ko‘chasining bir qismi vaqtincha transport harakati uchun yopiladi.

Cheklov 23-iyul soat 00:00 dan 26-iyul soat 00:00 gacha amal qiladi. Bu davrda So‘g‘diyona turizm ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi bilan kesishmasidan Jaloyir ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati to‘xtatiladi.

Haydovchilarga marshrutlarini oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling