O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochiladi

E’lon qilingan sana· 154
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochiladi

24-iyul kuni qariyb ikki yil davom etgan rekonstruksiyadan so‘ng O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yana tashrif buyuruvchilar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Ochilish marosimi soat 10:00 da boshlanadi.

1876-yilda tashkil etilgan muzey bu yil o‘zining 150 yillik yubileyini nishonlash arafasida. Muzey fondida 350 mingdan ortiq tarixiy eksponat saqlanadi va u O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyodagi eng yirik tarixiy-madaniy maskanlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, 24−26-iyul kunlari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida O‘zbekiston fuqarolari muzeyga bepul tashrif buyurishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling