Porsche Uzbekistan barchani Porsche Track Experience Kazakhstan tadbiriga taklif etadi

E’lon qilingan sana· 249
Porsche Uzbekistan barchani Porsche Track Experience Kazakhstan tadbiriga taklif etadi

Ushbu mavsumda Porsche Uzbekistan yangi avtomobil egalarini brendning eng yorqin tadbirlaridan biri — Porsche Track Experience Kazakhstan dasturida ishtirok etishga taklif qiladi. Tadbir Qozog‘istondagi zamonaviy Sokol International Racetrack avtodromida bo‘lib o‘tadi.

Porsche Track Experience — bu avtomobilni boshqarish bo‘yicha amaliy tajriba orqali Porsche falsafasini chuqurroq anglashni istaganlar uchun yaratilgan brendning rasmiy dasturi. Sertifikatlangan instruktorlar rahbarligida ishtirokchilar o‘z avtomobillarining imkoniyatlarini xavfsiz trek sharoitida sinab ko‘rish, haydovchilik mahoratini takomillashtirish hamda Porsche’ning dinamikasi, aniqligi va muhandislik mahoratining yangi qirralarini kashf etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Maxsus aksiya doirasida 2026-yil 20-iyuldan 10-avgustgacha yangi Porsche Cayenne, Porsche Macan yoki Porsche Taycan avtomobillarini xarid qilgan mijozlar Porsche Track Experience Kazakhstan dasturida ishtirok etish uchun eksklyuziv taklifnomaga ega bo‘ladi.

Shuningdek, Porsche Track Experience Kazakhstan dasturida Porsche avtomobilini xarid qilmasdan ham alohida shartlar asosida ishtirok etish mumkin.

Porsche uchun avtosport har doim brend DNKsining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. Dunyoning eng mashhur poyga trassalarida to‘plangan tajriba har bir seriyali avtomobilda o‘z aksini topgan. Shu bois, Porsche bilan trekdagi ilk tajriba avtomobilga egalik qilish tarixining mantiqiy davomi hisoblanadi va texnik xarakteristikalar orqali yetkazib bo‘lmaydigan hissiyotlarni tuyish imkonini beradi.

Qozog‘istonda joylashgan Sokol International Racetrack xalqaro avtosport standartlariga javob beradigan zamonaviy trassa bo‘lib, ishtirokchilar aynan shu yerda Porsche avtomobillariga xos qudrat, boshqaruvchanlik va aniqlik uyg‘unligini to‘liq his qilishlari mumkin.

Taklifnomalar soni cheklangan — jami 12 nafar ishtirokchi. Barcha o‘rinlar to‘ldirilgach, dasturga ro‘yxatdan o‘tish yakunlanadi.

Porsche Uzbekistan barchani brend bilan tanishuvni nafaqat yangi avtomobil rulda, balki haqiqiy haydovchilik hissiyotlari tug‘iladigan muhitda boshlashga taklif etadi.

Ishtirok shartlari haqida batafsil ma’lumotni Porsche Uzbekistan mutaxassislaridan (+998) 71−205−29−11 raqami orqali olish mumkin.

Instagram: @porsche_uzbekistan_official_
Telegram: t.me/porschecentre_uz

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling