Toshkentda yirik avtomollga ega yangi formatdagi savdo-ko‘ngilochar markaz — Scopus Mall ochildi

E’lon qilingan sana· 314
Toshkentda yirik avtomollga ega yangi formatdagi savdo-ko‘ngilochar markaz — Scopus Mall ochildi

Uchtepa tumanida savdo-ko‘ngilochar markazi va yirik avtomollni birlashtirgan Scopus Mall o‘z faoliyatini boshladi. Tashrif buyuruvchilar uchun do‘konlar, supermarket, fitnes markazi, fudkort, bolalar ko‘ngilochar markazi va avtomobil infratuzilmasi bilan bog‘liq 500 dan ortiq nuqtalar mavjud.

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida, Farhod bozori yonida yangi savdo-ko‘ngilochar markaz — Scopus Mall o‘z faoliyatini boshladi. Yangi loyiha klassik savdo markazi va mamlakatdagi yirik avtomollni birlashtirib, shahar aholisi uchun zamonaviy formatni taqdim etadi. Endi xarid, dam olish va avtomobil xizmatlaridan bir joyning o‘zida foydalanish mumkin.

Majmuaning asosiy xususiyati uning ikki funksional hududga bo‘linganidadir. Avtomobil blokida 500 dan ortiq avtoehtiyot qismlar, aksessuarlar va butlovchi qismlar do‘konlari, servis markazlari, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari hamda detailing xizmatlari faoliyat yuritadi. Avtomobil servisda bo‘lgan vaqt davomida tashrif buyuruvchilar savdo va ko‘ngilochar hududda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari mumkin.

“A bloki” tarkibida:

  • oziq-ovqat shoxobchalari joylashgan fudkort: Oqtepa Lavash, Chopar Pizza, Les Ailes, Street 77, WOK, PITSTOP, The Harry’s;
  • Cyber Front kompyuter klubi 24/7 ishlaydi;
  • “Teplo” qahvaxonasi;
  • Rocket Park bolalar maydonchasi;
  • kiyim-kechak do‘konlari: LC Waikiki, JUST, Sinsay, NCS, Li-Ning, Mishary Al Afasy, XSport, Fabrize.

Scopus Mall’ning ochilishi Uchtepa tumanidagi muhim shahar voqealaridan biriga aylandi.

Scopus Mall konsepsiyasi bir tashrif davomida bir nechta kundalik ehtiyojlarni hal qilish imkonini beruvchi zamonaviy ko‘p funksiyali jamoat makonini yaratishga qaratilgan. Mehmonlar avtomobilini servisga topshirishi, xarid qilishi, sport bilan shug‘ullanishi, bolalari bilan maroqli vaqt o‘tkazishi yoki do‘stlari bilan uchrashishi mumkin.

Har dam olish kunlari Scopus Mall mehmonlari uchun bepul konsertlar tashkil etiladi. Unda mashhur san’atkorlar ishtirok etadi. Joriy yakshanba, 26-iyul kuni soat 18:30 da, taniqli xonanda Afruza sahnaga chiqadi.

Loyiha rivojlanishda davom etmoqda. Yaqin vaqt ichida savdo markazida yangi do‘konlar ochilishi, restoranlar zonasi kengaytirilishi, qo‘shimcha xizmatlar ishga tushirilishi hamda shahar aholisi uchun muntazam madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Scopus Mall o‘zini savdo, xizmatlar, ko‘ngilochar maskanlar va avtomobil infratuzilmasini birlashtirgan zamonaviy jamoat makoni sifatida namoyon etmoqda hamda Toshkentning yangi diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanishni maqsad qilgan.

Manzil: Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li, 25.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling