Toshkentdagi 10 ta modernizm obyekti YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

E’lon qilingan sana: · 116
Toshkentdagi 10 ta modernizm obyekti YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

Toshkent modernizmining 10 ta binosi YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Qaror 26-iyul kuni Koreyaning Pusan shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida ma’qullandi.

Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish uchun taklif etilgan 30 ta yangi nominatsiya orasida yig‘ilishda O‘zbekistonning “Toshkent modernizm me’morchiligi. Markaziy Osiyoda zamonaviylik va an’analar” milliy nominatsiyasi ko‘rib chiqilgan.

U XX asrning ikkinchi yarmidagi modernizm arxitekturasining jamoat, madaniy, turar joy va muhandislik inshootlarining turli tipologiyalarini aks ettiruvchi 10 ta sara yodgorligini o‘zida jamlagan.

Ro‘yxatdan quyidagi obyektlar o‘rin oldi:

  • “Marvarid” (“Jemchug”) turar joy binosi;
  • O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi;
  • Xalqlar do‘stligi san’at saroyi;
  • O‘zbekiston davlat san’at muzeyi;
  • Toshkent davlat sirki;
  • O‘zbekiston badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zali;
  • O‘zbekiston kino san’ati saroyi;
  • “Eski juva” (Chorsu) bozori;
  • “Kosmonavtlar” metro bekati;
  • Toshkent viloyatidagi “Quyosh” geliomajmuasi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bu nafaqat alohida binolar, balki 1966-yilgi zilziladan keyin qayta bunyod etilgan Toshkentning butun bir me’moriy davri e’tirof etilganini ta’kidladi.

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning qayd etishicha, ushbu qaror O‘zbekiston zamonaviy me’morchilik tarixining muhim qismini xalqaro miqyosda e’tirof etadi va mazkur obyektlarni asrab-avaylash bo‘yicha uzoq muddatli mas’uliyatni ham yuklaydi.

Mazkur nominatsiya O‘zbekistonning so‘nggi 25 yil ichida YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan ilk milliy obyekti bo‘ldi.

Zamonaviylashsa-da, tarixiy shukuhini yoʻqotmayotgan sobiq "Panorama" haqida

Xalq orasida “Panorama” nomi bilan mashhur boʻlgan kinosaroy 2024-yilda Milliy kino san’ati saroyi deya qayta nomlandi. Shu bilan birga bu yerda bir nechta rekonstruksiya ishlari ham oʻtkazildi. Afisha.uz ushbu maqolada Toshkentdagi zamonaviylashsa-da, oʻzining tarixiy shukuhini yoʻqotmay kelayotgan maskan haqida soʻzlaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Toshkentdagi 10 ta modernizm obyekti YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi — Toshkent Afishasi