Toshkentda “Oshpazlar jangi” gastronomik chempionati boshlandi

E’lon qilingan sana· 13
Toshkentda “Oshpazlar jangi” gastronomik chempionati boshlandi

28−30-iyul kunlari Tashkent City Mall’da restoran sohasi vakillari va zamonaviy gastronomiyaga qiziqadigan barchani birlashtiruvchi “Oshpazlar jangi” gastronomik chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Uch kun davomida ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyish etib, tomoshabop pazandachilik bellashuvlarida qatnashadi. Shuningdek, mehmonlarni mahorat darslari, degustatsiyalar, yetakchi oshpazlar bilan uchrashuvlar hamda ko‘ngilochar dastur kutmoqda.

Chempionatda 8 ta jamoa ishtirok etmoqda: Nika, Salama, TKX, Papakha, Matcha Club, Turon, Socials va Maroon.

Pazandalik bellashuvlari jadvali:

28-iyul

  • 11:00 — Socials Cafe vs TKX;
  • 13:50 — Maroon vs Salama.

29-iyul

  • 11:00 — Turon vs Nika;
  • 13:50 — Papakha vs Matcha Club.

Saralash bosqichi g‘oliblari 30-iyul kuni final bahsida o‘zaro kuch sinashadi.

Chempionat jadvali:

  • 28-iyul — 11:00—17:00;
  • 29-iyul — 11:00—17:00;
  • 30-iyul — 10:00—18:00.

Tadbirga kirish bepul.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling