FlyOne Armenia Yerevan–Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
E’lon qilingan sana: · 56

Toshkent xalqaro aeroportida Armanistonning FlyOne Armenia aviakompaniyasining Yerevandan amalga oshirilgan ilk reysi tantanali ravishda kutib olindi.
Parvozlar charter asosida haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Shu tariqa, FlyOne Armenia qisqa vaqt ichida Yerevan-Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘ygan ikkinchi aviatashuvchiga aylandi. Bu ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 2-iyundan boshlab mazkur yo‘nalishda Armanistonning Shirak Avia aviakompaniyasi ham muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.