Bunyodkor shoh ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati bir oyga cheklandi
E’lon qilingan sana: · 10

Toshkentning Chilonzor tumanida Bunyodkor shoh ko‘chasining ikkinchi darajali qismi bo‘ylab, Chilonzor metro bekatidan So‘g‘alli ota ko‘chasigacha bo‘lgan hududda suv tarmog‘ini kapital ta’mirlash ishlari boshlandi.
Shu munosabat bilan 28-iyul soat 23:00 dan 30-avgustga qadar mazkur yo‘l qismida avtomobillar harakati bir tomonlama vaqtincha yopildi.
Ta’mirlash ishlari davomida “Toshkent shahar Suv injiniring kompaniyasi” eskirgan suv quvurlarini yangilaydi.
Haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanish, piyodalarga esa ta’mirlash hududida ehtiyotkor bo‘lish va vaqtinchalik yo‘l harakati cheklovlariga amal qilish tavsiya etilgan.
