O‘zbekistonlik foydalanuvchilar endi Yandex Maps’da real vaqtdagi geopozitsiyani ulasha oladi

E’lon qilingan sana· 138
O‘zbekistonlik foydalanuvchilar endi Yandex Maps’da real vaqtdagi geopozitsiyani ulasha oladi

Yandex Maps’da foydalanuvchilar o‘z joylashuvini yaqinlariga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan funksiya paydo bo‘ldi. Qabul qiluvchi xaritada belgini ko‘radi va unga qarab darhol yo‘nalish olishi mumkin. Translyatsiyani bir necha daqiqa yoki kun oxirigacha yoqish mumkin.

O‘zbekistondagi Yandex Maps ilovasida endi o‘z joylashuvini real vaqt rejimida boshqalar bilan bo‘lishish imkoniyati paydo bo‘ldi. Yangi funksiya shaharda bir-birini tezroq topish va yaqinlar bilan aloqada bo‘lib turishga yordam beradi. Masalan, bozorda xariddan keyin ko‘rishish, yozgi festivalda adashib qolmaslik, aeroportda qarindoshlarni kutib olish yoki notanish mahallada osonroq yo‘l topish mumkin.

Bu funksiya ayniqsa yoz faslida va chilla davrida juda kerak. Bu vaqtda odamlar shahar tashqarisiga ko‘proq sayohat qiladi va kechqurun oilasi yoki do‘stlari bilan uchrashuvlarni rejalashtiradi. Qisqa muddatli geopozitsiya translyatsiyasi Chorsu bozorida, Toshkent markazida yoki yirik savdo markazida bir-birini tez topishga yordam beradi. Uzoqroq muddatli translyatsiya esa shahar tashqarisiga sayohat vaqtida, masalan, Chorvoq suv ombori, Chimyon yoki Amirsoyga borganda, shuningdek, boshqa mamlakatga sayohat chog‘ida qulay.

Geopozitsiya turistlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin. Yandex Maps’ning ichki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yozida xorijlik sayyohlar O‘zbekistonda ushbu xizmatdan 4 milliondan ko‘proq foydalangan. Yandex Maps’dan eng ko‘p Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan kelgan sayyohlar foydalangan. Ular sayohat davomida manzillarni izlagan, yo‘nalishlar tuzgan va navigatsiyadan foydalangan. Yangi shaharda geopozitsiya funksiyasi sayr paytida hamrohlardan adashmaslikka, diqqatga sazovor joylar, vokzal yoki aeroportda bir-birini tezroq topishga yordam beradi. Bu, ayniqsa, guruh ikkiga bo‘linib ketganida, masalan, kimdir kafe yoki do‘konda biroz ushlanib qolganidan keyin yana yig‘ilish kerak bo‘lganda qulay.

Foydalanuvchi o‘z geopozitsiyasini turgan joyi aks etgan xarita fragmenti orqali bo‘lishishi mumkin. Shuningdek, xaritadagi o‘z joylashuvi belgisiga bosib, lokatsiyani do‘stlari yoki yaqinlariga yuborishi mumkin. Ular foydalanuvchining joylashuvini o‘z xaritasida ko‘radi va shu zahoti ungacha marshrut tuzishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, profil belgisi orqali “Geopozitsiya” bo‘limiga kirib, joylashuv haqidagi ma’lumotni yuborish yoki translyatsiyani to‘xtatish mumkin. Translyatsiya yakunlangach, foydalanuvchining belgisi u geopozitsiyasini bo‘lishgan odamlar xaritasidan avtomatik ravishda yo‘qoladi.

Yandex Maps oilaviy ssenariylarni rivojlantirishda davom etadi hamda yaqinlarga shaharda, sayohatlarda va kundalik hayotda bir-birini osonroq topish va aloqada qolishga yordam beradigan yangi imkoniyatlarni qo‘shib boradi.

Funksiya O‘zbekistondagi Yandex Maps mobil ilovasining iOS va Android versiyalarida avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar uchun mavjud.


Yandex Maps — kundalik shahar hayotidagi vazifalarni hal qilishga yordam beradigan ilova bo‘lib, u eng yaqin kafe, do‘kon yoki dorixonani topishdan tortib, notanish tumangacha qulay marshrut tuzish imkonini beradi. Ilova orqali tashkilotlar va shahar obyektlarini qidirish, ularning ish vaqti, suratlari, reytinglari, sharhlari va boshqa foydali ma’lumotlar bilan tanishish, shuningdek, jamoat transportida, avtomobilda yoki piyoda harakatlanish uchun maqbul marshrutni tuzish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling