Aero Nomad Toshkent va Bishkek o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

E’lon qilingan sana· 42
Aero Nomad Toshkent va Bishkek o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Qirg‘izistonning Aero Nomad aviakompaniyasi 23-avgustdan Bishkek—Toshkent—Bishkek yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Hozirda Toshkent va Bishkek o‘rtasida Centrum Air hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyalari qatnovlarni amalga oshirmoqda. Aero Nomad ham ushbu yo‘nalishga qo‘shilishi bilan ikki poytaxt o‘rtasida parvoz qiluvchi aviakompaniyalar soni uchtaga yetadi.

Shuningdek, aviakompaniya kelgusida Bishkek—Samarqand va Bishkek—Urganch yo‘nalishlarini ham yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling