Anons

Anhor sohilida “Говорит Ташкент” audiospektakli

E’lon qilingan sana· 268
Anhor sohilida “Говорит Ташкент” audiospektakli

Anhor sohili bo‘ylab “Говорит Ташкент” audiospektakli davom etmoqda. Bu Toshkent markazi bo‘ylab quloqchinlarda o‘tkaziladigan teatr-sayrdir.

Ishtirokchilarga quloqchinlar beriladi va ular markaziy ko‘chalar, bog‘lar hamda yashirin hovlilar orqali o‘tuvchi qariyb 3,5 kilometrlik yo‘nalishni bosib o‘tadi. Sayr davomida quloqchinlarda shahar ovozlari, musiqa va maxsus hikoya yangraydi. Loyiha teatr, kvest va ekskursiya elementlarini o‘zida mujassam etgan. Sayr 100 daqiqa davom etadi.

Audiospektakl har kuni o‘tkaziladi. Yig‘ilish joyi — Anhor sohili, 1-uy (mo‘ljal: O‘rda).

Chipta narxi: 180 000 so‘mdan boshlanadi.

Murojaat uchun: (+998) 91−791−0692.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling