Anons
Perseid meteor yomg‘irini kuzatish
E’lon qilingan sana: · 182

Mystery Uzbekistan yilning eng yorqin yulduz yomg‘irlaridan biri — Perseid meteorlar oqimini kuzatish uchun shahar tashqarisidagi yangi lokatsiyaga sayohat uyushtiradi.
Dastur tabiat qo‘ynida tungi hordiq chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, quyosh botishini tomosha qilish, gulxan atrofida dam olish va teleskop orqali osmon jismlarini kuzatishni o‘z ichiga oladi.
Dasturdan:
- teleskop orqali yulduzli osmonni kuzatish;
- gulxan atrofida dam olish, choy, qahva, shirinliklar, olovda pishirilgan kartoshka va marshmellou;
- palov tayyorlash (faqat 8-avgust kuni).
Ishtirokchilarga karimat yoki yoga gilamchasi, kechki salqin uchun issiq kiyim va pled olib kelish tavsiya etiladi.
Sana: 7, 8 va 9-avgust.
- Vaqti: jo‘nab ketish — 17:00;
- qaytish — 02:00.
Narxlar:
- 7 va 9-avgust — 400 000 so‘m (transfer, ichimliklar, yengil taomlar, teleskop va gidlar xizmati);
- 8-avgust — 500 000 so‘m (yuqoridagilarning barchasi va palov).
Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon: (+998) 93−514−61−00.
Arizalar 5-avgustgacha qabul qilinadi.
Jadval
7-avgust
8-avgust
9-avgust