Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

E’lon qilingan sana· 140
Toshkentdagi ko‘chalardan birida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yo‘lining bir qismi yo‘l ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha transport harakati uchun yopiladi.

Cheklov Chilonzor metro bekatidan Arnasoy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida amal qiladi. Yo‘l 6-avgust kuni soat 23:59 dan 10-avgust soat 08:00 gacha yopiq bo‘ladi.

Haydovchilarga tirbandliklarning oldini olish uchun oldindan muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling