Loong Air Sian—Farg‘ona yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
E’lon qilingan sana: · 229

Uzbekistan Airports va Xitoyning Loong Air aviakompaniyasi Sian—Farg‘ona yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi. Tomonlar loyiha ustidagi hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Shuningdek, uchrashuvda Toshkent va Samarqand yo‘nalishlarida parvozlar sonini oshirish, Fast Track, biznes-zallar va Duty Free do‘konlari bilan bog‘liq hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Hozirda Loong Air O‘zbekistonga Sian—Toshkent, Chendu—Toshkent va Sian—Samarqand yo‘nalishlarida haftasiga to‘qqizta muntazam reysni amalga oshirmoqda.