Toshkentdan Manchesterga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
E’lon qilingan sana: · 326

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Toshkent—Manchester yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Manchester aeroporti Buyuk Britaniyaning shimolidagi eng yirik transport markazlaridan biri bo‘lib, yiliga 32 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Mavjud infratuzilma esa bu ko‘rsatkichni kelajakda 70 million nafargacha oshirish imkonini beradi.
Tomonlar yangi yo‘nalish biznes va turizm aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa bilan aviaqatnovlarini kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidlagan.