Asl Baraka "Mehr nima?" bolalar ijodiy ishlari tanlovi g‘oliblarini taqdirladi

7-avgust kuni Toshkentda Asl Baraka mehr, g‘amxo‘rlik va yaqinlarga e’tibor mavzusiga bag‘ishlangan "Mehr nima?" bolalar ijodiy ishlari tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimini o‘tkazdi. G‘oliblarning beshta ijodiy ishi Asl Baraka mahsulotlarining cheklangan seriyadagi qadoqlarida chiqariladi.
“Mehr nima?” tanlovda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etdi. Tashkilotchilar jami 252 ta ijodiy ish qabul qildi. Yosh ishtirokchilar o‘z ishlarida mehr tushunchasini oila, ezgulik, qo‘llab-quvvatlash va yaqinlar bilan birga o‘tkazilgan vaqt orqali ifodaladi.

Saralashning dastlabki bosqichida Asl Baraka jamoasi 20 ta ijodiy ishdan iborat qisqa ro‘yxatni shakllantirdi. Keyingi bosqichda taklif etilgan hakamlar hay’ati tanlov mavzusini yorqin ifodalagan hamda mahsulot qadoqlariga moslashtirish uchun munosib deb topilgan beshta ishni tanladi.

G‘oliblarning ijodiy ishlari Asl Baraka mahsulotlarining cheklangan seriyadagi qadoqlarini bezashda qo‘llandi. O‘z ijodiy ishini haqiqiy mahsulot qadoqlarida ko‘rish imkoniyati tanlovning asosiy mukofotlaridan biriga aylandi.
Taqdirlash marosimida g‘oliblar va ularning ota-onalari, brend vakillari, hakamlar hay’ati a’zolari, blogerlar, inflyuenserlar, ommaviy axborot vositalari hamda televideniye vakillari ishtirok etdi. Mehmonlar uchun g‘oliblarning ijodiy ishlari namoyish etilgan mini ko‘rgazma tashkil qilindi. Shuningdek, loyiha natijalari va uning keyingi bosqichlari haqida taqdimot o‘tkazildi.

Marosim davomida g‘oliblarga nomli sertifikatlar, esdalik statuetkalari hamda “Layner” dam olish maskanida oilaviy hordiq chiqarish uchun vaucherlar topshirildi.

Loyiha taqdirlash marosimidan keyin ham davom etadi. Tanlovning maxsus saytida barcha 252 ta ijodiy ish joylashtiriladi. Har bir ishtirokchi o‘z ishini topishi va tanlovda qatnashganligi haqidagi elektron sertifikatni olishi mumkin bo‘ladi. Saytda finalchilar, g‘oliblar va loyiha konsepsiyasiga bag‘ishlangan alohida bo‘limlar ham taqdim etiladi.

Bundan tashqari, tanlovga yuborilgan barcha ijodiy ishlarni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etiladigan ochiq ko‘rgazmada namoyish etish rejalashtirilgan. Ko‘rgazma ishtirokchilar va ularning oilalariga ijodiy ishlarni jamoat makonida ko‘rish imkonini beradi, keng auditoriyani esa mehr va g‘amxo‘rlik mavzusiga bolalar nigohi bilan qarashga chorlaydi.

“Mehr nima?” tanlovi 1-iyun kuni Asl Baraka brendining “Mehr uchun vaqt toping” pozitsiyalash konsepsiyasi doirasida boshlangan edi. Loyiha orqali Asl Baraka bolalarga mehr haqidagi tasavvurlarini ijod orqali ifodalash, ota-onalarga esa farzandlari bilan sevgi, e’tibor va yaqin insonlar haqida suhbatlashish imkonini yaratdi.

Kelgusida g‘oliblarning ijodiy ishlari tushirilgan cheklangan seriyadagi mahsulotlarning bir qismini xayriya maqsadlariga yo‘naltirish ham rejalashtirilgan.
Sayt: mehrnima.uz
Instagram: @aslbaraka.official
Telegram: t.me/aslbaraka_official
Reklama huquqlari asosida.