Etihad Airways Abu-Dabi—Toshkent yo‘nalishida ilk reysni amalga oshirdi
E’lon qilingan sana: · 106

10-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida Etihad Airways aviakompaniyasining Abu-Dabi—Toshkent yo‘nalishidagi ilk reysi kutib olindi. Airbus A320 samolyoti Toshkentga soat 01:35 da yetib kelgan.
Parvozlar har kuni Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish Toshkent va Abu-Dabi o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi.
Etihad Airways — 2003-yilda tashkil etilgan BAA milliy aviakompaniyasi. Tashuvchi Abu-Dabi xalqaro aeroportida joylashgan bo‘lib, yangi reys orqali yo‘lovchilarga Abu-Dabi orqali boshqa xalqaro yo‘nalishlarga tranzit qilish imkoniyati ham yaratiladi.