Anons
Toshkent hayvonot bog‘ining ichki hayoti boʻylab ekskursiya
E’lon qilingan sana: · 87

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonot bog‘ining odatda tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘lgan hududlari bo‘ylab bepul ekskursiya tashkil etiladi.
Mehmonlar hayvonlar uchun ozuqa qanday qabul qilinishi va saqlanishi, ularni qanday oziqlantirish jarayoni bilan tanishadi. Shuningdek, odatiy tashrif buyuruvchilar kira olmaydigan zonalarga kirish va hayvonot bog‘i xodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ekskursiyada atigi 20 nafar ishtirokchi qatnashishi mumkin. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy. Yosh cheklovi — 18+.
Ekskursiya bepul, faqat hayvonot bog‘iga kirish chiptasi xarid qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon: (+998) 71−289−1601.