Toshkentda 4 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi
E’lon qilingan sana: · 161

Toshkentning Chilonzor tumanida Bunyodkor ko‘chasining Qatortol-2 ko‘chasidan So‘galli ota ko‘chasigacha bo‘lgan qo‘shimcha yo‘l qismi vaqtincha yopildi. Cheklov kommunal tarmoqlarda ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli joriy etilgan.
Shu sababli to‘rtta avtobus yo‘nalishi o‘zgartirdi:
- 41- va 118-sonli avtobuslar “Chilonzor” buyum bozori tomon Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2 ko‘chalari va Bunyodkor ko‘chasining asosiy qismi orqali harakatlanadi;
- 77-sonli avtobus Chilonzorning 25-dahasi tomon Kichik halqa yo‘li, Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2, Al-Xorazmiy va Katta Xirmontepa ko‘chalari orqali harakatlanadi;
- 116-sonli avtobus “Chilonzor” buyum bozori tomon Qatortol, Zargarlik, Qatortol-2, Al-Xorazmiy, So‘galli ota va Bunyodkor ko‘chalari orqali harakatlanadi.

Yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelishi sababli avtobuslarning harakatlanish vaqti va oraliq intervallari uzayishi mumkin. Yo‘lovchilarga safarlarini rejalashtirishda buni hisobga olish tavsiya etiladi.