Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olinishi ma’lum bo‘ldi
E’lon qilingan sana: · 109

Bandlik vazirligi 2026-yilda Mustaqillik kuni munosabati bilan dam olish kunlari sanalarini e’lon qildi.
Besh kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun to‘rt kun dam olish kuni bo‘ladi:
- 29-avgust (shanba) — dam olish kuni;
- 30-avgust (yakshanba) — dam olish kuni;
- 31-avgust (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-sentabr (seshanba) — bayram kuni.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun uch kun dam olish kuni bo‘ladi:
- 30-avgust (yakshanba) — dam olish kuni;
- 31-avgust (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-sentabr (seshanba) — bayram kuni.