Chilla — salqin ta’mlar festivali

Toshkent shahar hokimligi ko‘magida Tashkent City hududida yozning eng issiq kunlariga bag‘ishlangan “Chilla — salqin ta’mlar festivali” bo‘lib o‘tadi.
Uch kun davom etadigan festival poytaxt aholisi va mehmonlari uchun salqin ichimliklar, muzqaymoq, musiqa va ko‘ngilochar dasturlarni bir maydonda jamlaydi. Tadbirda o‘nlab ishlab chiqaruvchilar va riteylerlar, shuningdek, Sprite, Fanta va Fuse Tea brendlari o‘z maxsus zonalari bilan ishtirok etadi.
Festival dasturidan:
- muzqaymoq, kokteyllar, bubble tea, sovuq qahva, yangi siqilgan sharbatlar va boshqa yozgi ta’mlar;
- interaktiv o‘yinlar, tanlovlar va sovrinli aksiyalar;
- tematik fotozonalar va kreativ salqinlash hududlari;
- DJ-setlar va kechki konsertlar;
- suvli ko‘ngilochar zonalar;
- kechki shou va feyerverklar o‘rin olgan.
Festival maydonining o‘ziga xos jihatlaridan biri — qariyb 10 tonna haqiqiy muzdan yaratiladigan art-obyektlar va fotozonalar bo‘ladi.
Shuningdek, hududda salqinlantiruvchi yomg‘ir arkalari, suvli o‘yin maydonlari hamda yozgi issiqda mehmonlar uchun maxsus salqinlash zonalari tashkil etiladi.
Har kuni kechqurun festival konsert va ko‘ngilochar dastur bilan davom etadi. Sahnalarda taniqli ijodkorlar chiqish qiladi, mehmonlar uchun tanlov va sovrinli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Kirish bepul.
Festival hududi: Holiday Inn mehmonxonasidan “Xalqlar do‘stligi” metro bekati chiqishigacha.
Murojaat uchun: (+998) 90−024−6010.