Toshkentda “Maktab bozorlari” ish boshladi: manzillarning to‘liq ro‘yxati
E’lon qilingan sana: · 124

Poytaxtda yangi o‘quv yiliga kerakli barcha mahsulotlar — kanselyariya buyumlari, darsliklar va maktab o‘quvchilari uchun boshqa mahsulotlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan “Maktab bozorlari” ish boshladi.
Bunday savdo nuqtalari shahar bozorlari va savdo majmualarida tashkil etilgan. Quyida ularning to‘liq ro‘yxati va joylashuvi keltirilgan.
|
“Maktab bozori” |
Manzili |
|---|---|
| Aviasozlar dehqon bozori | Avtoturargoh hududida tashkil etilgan maydonlarda |
| Askiya dehqon bozori | Bozorga Shota Rustaveli ko‘chasi tomonidan kirish qismi o‘ng tomonida va orqa kirish qismida |
| Chilonzor dehqon bozori | Bunyodkor va Farhod ko‘chalari kesishuvi (avtoturargohda) |
| Mirobod dehqon bozori | Mirobod tumani Avliyoota ko‘chasi, “Mirobod dehqon bozori” AJ kirish qismida |
| Navro‘z dehqon bozori | Asosiy bozor hududida |
| Sergeli dehqon bozori | Sergeli-6 mavzesi, Sergeli-7 mavzesi, Sergeli-2 mavzesi hamda Sergeli-4 mavzesi yer osti o‘tish yo‘li atrofida, Sergeli-1 shoxobchasi, Qo‘yliq-5 mavzesi asosiy bozorlar atrofida |
| Farhod dehqon bozori | Farhod ko‘chasi-30 (yarmarka orqa tomoni), Farhod ko‘chasi asosiy kirish darvozasi yoni, Farhod ko‘chasi-G9a |
| Eski jo‘va dehqon bozori | Bozor hududida 8 qirra katta zinadan tushgan joyda, TIM-1, TIM-2 va ochiq metro atrofida |
| Yunusobod dehqon bozori | “Yunusobod dehqon bozori” AJ hududida |
| Qoraqamish dehqon bozori | Tansiqboyev shoxobchasida |
| Chilonzor buyum savdo kompleksi | Savdo kompleksi hududida |
| Chorsu buyum savdo kompleksi | Asosiy kirish qismiga va DM-74 atrofida |
| O‘rikzor savdo kompleksi | Asosiy kirish darvozasining chap tomonida |