Anons
Layner’da “Sharq gavharlari” mavzuli kuni
E’lon qilingan sana: · 51

Layner dam olish maskanida “Sharq gavharlari” maxsus mavzuli dasturi bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlarni butun oila uchun mo‘ljallangan sharqona uslubdagi mazmunli kun kutadi: sport va ijodiy mahorat darslaridan tortib, basseyn yonidagi ko‘pik kechasi va kechki shougacha.
Bolalar uchun dastur:
- 10:00 — pazandachilik mahorat darsi: asal qo‘shilgan paxlava tayyorlash;
- 12:00, 13:00, 14:00, 15:00, 16:00 — badiiy mahorat darsi: masqarabozlarni chizish;
- 18:00 — Kids' Pre-party: akvagrim, diskoteka, raqs fleshmobi va paxta shakari;
- 20:00 — “Masqarabozlarning sayohati” ertak dasturi, o‘yinlar, mini-disko va shokoladli konfetlar solingan pinata.
Kattalar uchun dastur:
- 08:00 — basketbol maydonida raqs treklari va tarvuz freshi ostida ertalabki badantarbiya;
- 11:00 — ayollar uchun akvaaerobika;
- 11:00, 13:00, 15:00 — ayollar va qizlar uchun (14+) ijodiy reterit: “Hajmli anorlar” milliy uslubidagi dekorativ kartina yaratish;
- 12:00 — majmua mehmonlari o‘rtasida “Silk Road Tour” velopoygasi;
- 12:00 — erkaklar uchun “Qozon-mangal” pazandachilik mahorat darsi: o‘zbek shashligini tayyorlash (oldindan ro‘yxatdan o‘tish, 12 kishigacha).
Basseyn yonidagi kecha (
- ko‘pik kechasi va qum ustida futbol;
- barcha mehmonlar uchun tarvuz sharbati tayyorlash;
- DJ LeeRan’dan jo‘shqin mikslar;
- Layner’dan sovg‘alar bilan kattalar uchun tanlovlar.
Kechki dastur:
- 19:30 dan — bayram kechasining ochilishi, “Rubai” raqs ansambli, sovg‘alar bilan lotereya va tanlovlar, DJ LeeRan;
- 20:30 — art-guruh tomonidan tug‘ilgan kun egalarini kostyumli tabriklash;
- 21:30 — yulduzlar ostida kino namoyishi.