Toshkentda hafta davomida harorat +37° gacha ko‘tariladi

E’lon qilingan sana· 126
Toshkentda hafta davomida harorat +37° gacha ko‘tariladi

Toshkentda 24−28-avgust kunlari ish haftasi uchun ob-havo prognozi.

Dushanba kuni kunduzi havo asosan quyoshli bo‘lib, harorat +36° gacha ko‘tariladi. Kechasi harorat +20° gacha pasayadi.

Seshanba kuni havo quyoshli bo‘lib, kunduzi +33° gacha, kechasi esa +19° gacha pasayadi.

Chorshanba kuni ham quyoshli ob-havo kutilib, harorat kunduzi +35° gacha, kechasi +20° gacha bo‘ladi.

Payshanba kuni kunduzi havo +37° gacha isiydi, kechasi esa harorat +21° gacha pasayadi.

Juma kuni ham quyoshli ob-havo kuzatilib, havo harorati kunduzi +37° gacha ko‘tariladi, kechasi +21° gacha tushadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling