Toshkent aeroportida Aero Nomad’ning Bishkekdan birinchi reysi kutib olindi

E’lon qilingan sana· 72
Toshkent aeroportida Aero Nomad’ning Bishkekdan birinchi reysi kutib olindi

23-avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida Qirg‘izistonning Aero Nomad aviakompaniyasining Bishkek — Toshkent — Bishkek yo‘nalishidagi ilk muntazam reysi kutib olindi. Airbus A320 samolyoti Toshkentga 22:22 da qo‘ndi.

Birinchi reys bilan Bishkekdan Toshkentga 163 nafar yo‘lovchi yetib keldi, qaytish reysi uchun esa 74 nafar yo‘lovchi ro‘yxatdan o‘tdi. Parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Aero Nomad shu tariqa Toshkent — Bishkek yo‘nalishida parvozlarni amalga oshirayotgan uchinchi aviakompaniyaga aylandi. Hozirda ushbu yo‘nalishda Uzbekistan Airways va Centrum Air ham xizmat ko‘rsatmoqda. Kelgusida Aero Nomad Bishkekdan Samarqand va Urganchga parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling