Toshkentda yangi yashil bog‘ va yoshlar shaharchasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

E’lon qilingan sana· 71
Toshkentda yangi yashil bog‘ va yoshlar shaharchasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent shahar onkologiya markazining 4,36 gektar maydonida shahar aholisi uchun ochiq yashil bog‘ tashkil etish rejalashtirilmoqda. Loyiha “Yashil shahar” konsepsiyasi doirasida amalga oshiriladi.

Loyiha mualliflari aniqlik kiritishicha, yoshlar shaharchasi bog‘ o‘rnini egallamaydi va uning maydonini qisqartirmaydi. Ta’lim va ijodiy hududlar onkologiya markazining mavjud binolari ichida joylashtiriladi. Ularni saqlab qolish, rekonstruksiya qilish va yangi vazifalarga moslashtirish rejalashtirilgan.

Binolarda o‘quv va ijodiy markazlar, kutubxona, kovorkinglar, simulyatsion ustaxonalar va startap-studiyalar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihada alohida biznes ofislari va boshqa tijorat obyektlarini qurish ko‘zda tutilmagan. Binolar atrofidagi hudud obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtiriladi hamda yaqin mahallalar aholisi, yoshlar va boshqa shaharliklar uchun ochiq holda saqlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling