Afisha.uz Teplo Fest’ga chiptalar sotuvini boshladi

Teplo ekotizimining uch kunlik yirik festivali 100 dan ortiq mustaqil dizaynerlar, hunarmandlar, musiqachilar, gastronomik loyihalar va butun oila uchun ko‘ngilochar interaktiv zonalarni birlashtiradi.
4−6-sentabr kunlari Toshkentda lokal madaniyat, dizayn va shahar hayotiga bag‘ishlangan Teplo Fest sakkizinchi bor o‘tkaziladi. Tadbir an’anaga ko‘ra Yapon bog‘ida bo‘lib, uch kun davomida bu yerda katta madaniy va oilaviy makon tashkil etiladi.
Festival 2018-yildan buyon mahalliy dizayn va tadbirkorlikni rivojlantirib kelayotgan Teplo ekotizimining asosiy loyihalaridan biridir. Dastur markazidan 100 dan ortiq mustaqil dizayner va hunarmandlar ishtirokidagi market o‘rin oladi. Unda mamlakatning turli hududlaridan kelgan ijodkorlar mualliflik kiyimlari, keramika, aksessuarlar va predmet dizaynini taqdim etadi.
Festival dasturining musiqiy va interaktiv qismi ham keng bo‘ladi. Asosiy sahnada Khamro, Laylo, Rishat, Saya Musa, Sabina Mustayeva va boshqa ijodkorlar chiqish qiladi. Musiqiy dasturning bosh mehmoni DJ Piligrim bo‘ladi. Shuningdek, Teplo Fest x Sublimation maxsus kechasi ham o‘tkaziladi.

Loyiha hamkorlari — Uzcard, Ipoteka Bank, Yandex Lavka, Changan va Coca-Cola o‘z mahorat darslari va interaktiv zonalarini taqdim etadi. Coca-Cola stendida tashrif buyuruvchilar futbolka va bankalarni o‘z didiga ko‘ra bezashi mumkin. Bundan tashqari, Centrum Air aviakompaniyasi Teplo Store bilan hamkorlikda har kuni istalgan muntazam yo‘nalishga bir juft aviachipta o‘ynaydi.
Oilaviy hordiq uchun Teplo Fest x Юнга va International Inclusive Hub tomonidan alohida bolalar dasturi tayyorlangan. Unda rivojlantiruvchi o‘yinlar, ijodiy mashg‘ulotlar va akvagrim tashkil etiladi.

Festival har kuni 12:00 dan 21:00 gacha davom etadi.
Kattalar uchun chipta — 70 000 so‘m, 3−12 yoshdagi bolalar uchun — 35 000 so‘m. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.
Chiptalarni Afisha.uz orqali xarid qilish mumkin.