O‘zbekistonda sentabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

E’lon qilingan sana· 159
O‘zbekistonda sentabr oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zbekistonda sentabr oyida havo nisbatan quruq va biroz iliq bo‘lishi kutilmoqda. O‘rtacha havo haroratining iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Oyning birinchi o‘n kunligida kechalari harorat 15−20°, kunduzlari esa asosan 30−35°, ayrim kunlarda 37° gacha ko‘tarilishi mumkin. Janubiy hududlarda eng issiq kunlarda havo 38−40° gacha isishi ehtimoli bor.

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat nisbatan barqaror bo‘lishi kutilmoqda: kechalari 10−15°, kunduzlari 25−30° atrofida. Ayrim qisqa davrlarda havo harorati yuqorilashi yoki pasayishi mumkin. Sentabr O‘zbekistonda yilning eng quruq oylaridan biri bo‘lib, oy davomida ayrim hududlarda 1−3 kun yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublikaning katta qismida oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysining ayrim hududlarida yog‘ingarchilik me’yor atrofida, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida esa me’yor atrofida yoki undan ko‘p bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Janubiy hududlarda yomg‘ir yog‘ish ehtimoli juda kam.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling