Bayram kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 41
Bayram kunlarida O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Bayram kunlarida aholining O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish va ichki turizmni rivojlantirish maqsadida temir yo‘l, avtomobil va havo transportida qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi.

Temir yo‘l transportida Toshkent-Xiva, Toshkent-Qo‘ng‘irot, Toshkent-Shovot, Toshkent-Termiz va Toshkent-Sariosiyo yo‘nalishlaridagi poyezdlarga 4 tagacha qo‘shimcha vagon ulanadi. Shuningdek, Toshkent-Samarqand, Toshkent-Buxoro va Toshkent-Urganch yo‘nalishlarida qo‘shimcha yuqori tezlikdagi elektropoyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Viloyatlararo avtobus yo‘nalishlarida ham qo‘shimcha qatnovlar tashkil etiladi. Jumladan, Toshkent janubiy temir yo‘l vokzali hududida zaxira to‘xtash joyi ajratilib, bayramdan kamida 3 kun oldin Toshkent-Samarqand-Buxoro-Urganch-Nukus yo‘nalishlaridagi avtobuslar shu yerga joylashtiriladi. Havo transportida esa Toshkentdan Urganch, Nukus, Buxoro va Termizga qo‘shimcha aviareyslar amalga oshiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling