Toshkentda dam olish kunlarida havo salqinlashi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 85

Toshkentda 29-avgustdan 1-sentabrgacha dam olish kunlari uchun ob-havo prognozi.
Shanba kuni kunduzi quyoshli ob-havo kuzatilib, harorat +36° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +21° gacha pasayadi.
Yakshanba kuni quyoshli ob-havo va haroratning +38° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Dushanbaga o‘tar kechasi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +23° gacha pasayadi.
Dushanba kuni quyoshli ob-havo kuzatiladi va harorat +33° gacha ko‘tariladi. Kechasi havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +18° gacha pasayadi.
1-sentabr kuni quyoshli ob-havo kutilib, harorat +31° gacha pasayadi. Chorshanbaga o‘tar kechasi havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, harorat +17° gacha tushadi.