Anons

“Мясной”da Yusupov pomidorlari festivali

E’lon qilingan sana: · 170
“Мясной”da Yusupov pomidorlari festivali

“Мясной” steykxausida Yusupov pomidoriga bag‘ishlangan gastronomik festival bo‘lib o‘tmoqda. Ikki hafta davomida menyudagi taomlar pomidorning aynan shu naviga asoslanadi.

Brend-shef Davron Mutalimov Yusupov pomidori oshxonadagi yagona pomidor navi bo‘ladigan menyu tuzdi. Unda an’anaviy shakarobdan tortib, ichi pishloq bilan to‘ldirilgan pomidor va anchous qo‘shilgan Nyu-York steykigacha bo‘lgan taomlar bor. Bu nav seleksioner Karimjon Yusupov tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning mevalari go‘shtdorligi, shiradorligi va shirinligi bilan mashhur.

Festival menyusi:

  • “Shakarob” salati — 45 000 so‘m;
  • pomidor freshi — 52 000 so‘m;
  • kimchi usulidagi pomidorlar — 62 000 so‘m;
  • mol go‘shtli pomidor sho‘rvasi — 89 000 so‘m;
  • pomidor va mitbollili spagetti — 119 000 so‘m;
  • grilda pishirilgan forel pomidor bilan — 167 000 so‘m;
  • pomidor karpachchosi — 178 000 so‘m;
  • ichi to‘ldirilgan pomidor bilan Nyu-York steyki — 349 000 so‘m.

Festival 9-sentabrgacha, ushbu navning mavsumi tugaguncha davom etadi.

Taomlar narxi: 45 000 so‘mdan 349 000 so‘mgacha.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling