Glinka ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari sabab 127-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgardi
E’lon qilingan sana: · 1 681

Glinka ko‘chasida kommunal infratuzilmani ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli 28-avgustdan ushbu ko‘chada avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.
Shu munosabat bilan 127-sonli avtobus yo‘nalishi vaqtincha Nukus, Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari orqali harakatlanadi.
Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
