Yangi Toshkentda dunyodagi eng baland musiqiy favvora ishga tushirildi

E’lon qilingan sana· 100
Yangi Toshkentda dunyodagi eng baland musiqiy favvora ishga tushirildi

Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy hakami Meggi Luo g‘oliblikni tasdiqlovchi sertifikatlarni topshirdi.

Yangi Toshkentda noyob yorug‘lik-musiqa favvora majmuasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. U Ginnesning rekordlar kitobidan birdaniga ikkita jahon rekordi bilan joy oldi.

Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy hakami Meggi Luo g‘oliblikni tasdiqlovchi sertifikatlarni topshirdi. Rekordlar kitobiga ko‘ra, majmua quyidagi natijalarni qayd etdi:

Ochiq osmondagi dunyodagi eng baland musiqiy favvora — favvora suv purkagichining balandligi 232,69 metrga yetdi. Shu tariqa u Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi 204,7 metrlik avvalgi rekordni yangiladi.


Xitoyning Szyansu provinsiyasidagi favvoraning surati.

Dumaloq suv ekranidagi eng katta doimiy proyeksiya — proyeksiya maydoni 2617,23 kvadrat metrni tashkil etdi. Rekord uchun minimal talab esa 2400 kvadrat metr edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zining nutqida ta’kidlaganidek, ushbu yirik majmuaning ochilishi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlandi.

Fotosuratchi: Главное фото: Uznews.uz
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling