Andijonda yangi poyezd sinovdan o‘tkazilmoqda: u 160 km/soatgacha tezlikka chiqishi mumkin

E’lon qilingan sana· 128
Andijonda yangi poyezd sinovdan o‘tkazilmoqda: u 160 km/soatgacha tezlikka chiqishi mumkin

Yangi poyezdda Toshkent va Andijon o‘rtasidagi yo‘l vaqti taxminan 2 soatga qisqarib, 4 soatni tashkil etishi kutilmoqda.

Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy poyezd Andijonga yetib keldi. Hozirda tarkib sinov qatnovlaridan o‘tkazilmoqda — mutaxassislar uni Toshkent va Andijon o‘rtasidagi yo‘nalishga chiqarishdan oldin ish faoliyatini tekshirmoqda.

Poyezd 415 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan va soatiga 160 km gacha tezlikda harakatlana oladi. Rejaga ko‘ra, Toshkentdan Andijongacha bo‘lgan yo‘l taxminan 4 soat davom etadi.

Yangi tarkibning ishga tushirilishi ikki shahar o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovini yaxshilashi kutilmoqda. Bu yo‘lovchilar uchun poytaxt va Andijon viloyati o‘rtasida tezroq va qulayroq harakatlanish imkonini beradi.

  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon

Xabarda poyezd qachondan muntazam qatnovlarni boshlashi aniq ko‘rsatilmagan. Hozircha uning harakati sinov rejimida amalga oshirilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling