6-sentabr kuni Toshkentda yarim marafon sababli transport harakati cheklanadi

6-sentabr, yakshanba kuni Toshkentda O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro yarim marafon bo‘lib o‘tadi. Yugurish musobaqasi sababli qator ko‘chalarda transport harakati 05:00 dan 14:00 gacha cheklanadi.
Cheklovlar quyidagi yo‘l qismlariga taalluqli:
-
Islom Karimov ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasigacha;
-
Sharof Rashidov shoh ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha;
-
Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov ko‘chasidan Oybek ko‘chasigacha;
-
Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
-
Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;
-
Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Nukus ko‘chasidan Hamidulla Oripov ko‘chasigacha;
-
Hamidulla Oripov ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha;
-
Mustaqillik shoh ko‘chasi — Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha;
-
Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar — Buxoro va Shahrisabz ko‘chalarigacha;
-
Alisher Navoiy ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha;
-
Botir Zokirov ko‘chasi — Alisher Navoiy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha;
-
O‘qchi ko‘chasining Botir Zokirov ko‘chasiga tutash qismi.
Ishtirokchilar va tomoshabinlar soni ko‘paygan taqdirda, zaruratga ko‘ra, ushbu hududlarga tutash ayrim yo‘llarda ham harakat vaqtincha cheklanishi mumkin.


Haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish, muqobil yo‘nalishlardan foydalanish hamda yo‘l belgilari va mas’ul xodimlarning ko‘rsatmalariga amal qilish so‘raldi.