Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

E’lon qilingan sana· 96
Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

O‘zbekiston fuqarolari vizani safardan oldin Thai E-Visa tizimi orqali onlayn rasmiylashtirishi mumkin.

15-sentabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Tailandga borish uchun oldindan viza rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. O‘zbekistonlik sayyohlar uchun 60 kunlik vizasiz rejim bekor qilinadi.

Tailand hukumati yangi tartibni tasdiqladi. Shu bilan birga, Qirg‘iziston ham kiruvchi 60 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim saqlanib qoladi, biroq mamlakatda qolish muddati 30 kungacha qisqartiriladi. O‘zbekiston fuqarolari vizani safardan oldin Thai E-Visa tizimi orqali onlayn rasmiylashtirishi mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • xorijga chiqish pasporti;
  • aviachipta;
  • mehmonxona bron qilinganini tasdiqlovchi hujjat;
  • bank hisobvarag‘idan ko‘chirma*.

*Hisobda bir kishi uchun kamida 20 ming bat (Markaziy bankning amaldagi kursi bo‘yicha 7,19 mln so‘m) yoki bir oila uchun 40 ming bat (14,38 mln so‘m) bo‘lishi kerak.

Konsullik yig‘imi 1000 bat (30 dollar yoki 358 630 so‘m)ni tashkil etadi.

15-sentabrgacha Tailandga kirgan fuqarolar avvalgi tartib bo‘yicha mamlakatda 60 kungacha qolishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling