O‘zbekistondan Qozog‘istonga kirish pulli bo‘lishi mumkin
E’lon qilingan sana: · 138

Qozog‘iston vizasiz rejim mavjud davlatlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakatga kirishga elektron ruxsatnoma — QazETA’ni bosqichma-bosqich joriy qilmoqda.
2026-yil 1-noyabrdan boshlab ushbu ruxsatnoma samolyotda keluvchilar uchun, 15-noyabrdan esa Qozog‘iston chegarasini avtomobil yoki avtobusda kesib o‘tuvchilar uchun majburiy bo‘ladi. Arizani kamida 72 soat oldin topshirish kerak. Ruxsatnoma 180 kun amal qiladi va bir necha marta safar qilish imkonini beradi.
Ruxsatnomani oldindan rasmiylashtirishning taxminiy narxi 3 900 tenge (101 000 so‘m), chegarada rasmiylashtirilsa esa 7 800 tenge (201 000 so‘m)ni tashkil etadi.