8-sentyabrgacha muzeylarga bepul tashrif buyurish mumkin
E’lon qilingan sana: · 696

Foto: Shohruh Haydarov
8-sentyabrgacha Madaniy meros agentligi tizimidagi davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalar va uy-muzeylarida “Muzeylar haftaligi” o‘tkaziladi.
Haftalik davomida agentlik tizimidagi jami 114 ta davlat muzeyi va muzey-qo‘riqxonasiga bepul tashrif buyurish mumkin.
Bu tarix, san’at va milliy meros bilan yaqindan tanishish, noyob eksponatlar hamda qadimiy yodgorliklar haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun imkoniyat.
Tashrif buyuruvchilar ochiq eshiklar kunlari doirasida muzeylarga bepul kirishlari mumkin.