Toshkentdan Haydarobodga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 257
Toshkentdan Haydarobodga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

28-sentyabrdan Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent-Haydarobod-Toshkent yo‘nalishida muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.

Toshkentdan Haydarobodga parvozlar haftasiga ikki marta — dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish Hindistonning janubiy hududlaridan Toshkentga keluvchi sayyohlar uchun transport imkoniyatlarini kengaytiradi.

Haydarobod — Telangana shtatining poytaxti va Janubiy Hindistondagi yirik shaharlardan biri. 10 milliondan ortiq aholiga ega megapolis “marvarid shahri” va “Hindiston Kremniy vodiysi” nomlari bilan ham tanilgan. Shaharda tarixiy me’morchilik zamonaviy IT markazlari bilan uyg‘unlashgan.

Yangi aviaqatnov O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvini oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling