“Hisor” davlat qo‘riqxonasida qor yog‘di

E’lon qilingan sana: · 559
“Hisor” davlat qo‘riqxonasida qor yog‘di

“Hisor” davlat qo‘riqxonasining Miraki va G‘elon bo‘limlari yuqori hududlari qor bilan qoplandi. Bu yerda havo keskin sovigani kuzatilgan.

“Hisor” davlat qo‘riqxonasi 1983-yilda Qashqadaryo viloyatida Hisor tizmasining shimoli-g‘arbiy tarmoqlaridagi tabiiy komplekslarni aslicha saqlash, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda tabiiy jarayonlarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan. Qo‘riqxona G‘elon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bo‘limlaridan iborat.

  • false
  • false
  • false

Qo‘riqxonaning umumiy maydoni 80 986,1 gektarni tashkil etadi. Uning 24 308 gektari o‘rmon bilan qoplangan, 35 ming gektarga yaqin hududini esa baland tog‘lar, qoyalar, jarliklar va muzliklar egallaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling