Poytaxtda havo +34° gacha isiydi
E’lon qilingan sana: · 233

5 va 6-sentyabr kunlari Toshkentda kutilayotgan ob-havo prognozi.
Shanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +32° gacha ko‘tariladi. Kechasi ham biroz bulutli ob-havo kuzatilib, harorat +19° gacha pasayadi.
Yakshanba kuni kunduzi biroz bulutli ob-havo va haroratning +34° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Dushanbaga o‘tar kechasi esa o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilib, harorat +20° gacha pasayadi.