O‘zDJTU talabalari uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi
E’lon qilingan sana: · 256

Foto: Yevgeniy Sorochin
7-sentyabrdan “Mirzo Ulug‘bek” metro bekati — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yo‘nalishida vaqtinchalik avtobus qatnovi tashkil etiladi.
Ertalab soat 07:00 dan 08:00 gacha yo‘nalishda 4 ta katta sig‘imli avtobus harakatlanadi. Avtobuslar talabalarni “Mirzo Ulug‘bek” metrosidan O‘zDJTUning har ikkala o‘quv binosigacha olib boradi.
Yo‘nalish “Mirzo Ulug‘bek” metrosi, Taxtagul, THAY, Lutfiy, Ko‘kcha Darvoza va Zakovat ko‘chalari orqali o‘tadi.