+36° gacha: poytaxtda issiq hafta kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 28
+36° gacha: poytaxtda issiq hafta kutilmoqda

7−11-sentyabr kunlari Toshkentda kutilayotgan ob-havo prognozi.

Dushanba kuni kunduzi havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +35° gacha ko‘tariladi. Kechasi ham biroz bulutli ob-havo kuzatilib, harorat +20° gacha pasayadi.

8-sentyabr kuni kunduzi biroz bulutli ob-havo kuzatilib, harorat +36° gacha ko‘tariladi. Kechasi — biroz bulutli, harorat +21° gacha pasayadi.

Chorshanba kuni kunduzi prognozga ko‘ra, havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +36° gacha ko‘tariladi. Kechasi — biroz bulutli, harorat +21° gacha pasayadi.

10-sentyabr kuni biroz bulutli ob-havo kutilib, harorat +36° gacha ko‘tariladi. Kechasi — biroz bulutli, harorat +21° gacha pasayadi.

Juma kuni kunduzi o‘zgaruvchan bulutli ob-havo va haroratning +33° gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Shanbaga o‘tar kechasi — o‘zgaruvchan bulutli, harorat +20° gacha pasayadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling