Toshkent–Mavrikiy yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 73
Toshkent–Mavrikiy yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

26-dekabrdan Toshkent-Mavrikiy yo‘nalishida ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Dastlabki bosqichda 26-dekabr va yanvar oylarida jami to‘rtta Toshkent-Mavrikiy-Toshkent reysi bajarilishi rejalashtirilgan. 2027-yil iyunidan esa yo‘nalishda haftasiga bir marta muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Yangi yo‘nalish O‘zbekiston uchun Afrikadagi yangi turizm bozorini ochishi, shuningdek, Toshkentning Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlaridan Mavrikiyga yo‘lovchilarni yo‘naltiruvchi tranzit markaz sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling