Toshkentda 4 ta avtobus yo‘nalishiga vaqtincha o‘zgartirish kiritildi
E’lon qilingan sana: · 125

8-sentyabrdan Toshkentdagi Muhammad Yusuf ko‘chasida kommunal infratuzilmani ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 62, 70, 80 va 88-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi.
Mazkur avtobuslar Muhammad Yusuf ko‘chasidagi so‘nggi bekatgacha bormaydi va vaqtincha Parkent ko‘chasidagi “Muhammad Yusuf ko‘chasi” bekatida harakatini yakunlaydi.
Ta’mirlash ishlari davomida hududda tirbandliklar yuzaga kelishi va avtobuslar qatnov oralig‘i uzayishi mumkin. Shu sababli yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi ehtimoli bor. Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etiladi.
