Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlarining harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirish kiritildi

Toshkentning Oqqo‘rg‘on ko‘chasida kommunal tarmoqlarni ta’mirlash ishlari va yo‘lning vaqtincha yopilishi sababli hududdan o‘tuvchi jamoat transporti yo‘nalishlarida o‘zgarishlar joriy etildi.
2- va 136-sonli avtobuslarning so‘nggi bekati vaqtincha “Gidrometeorologiya markazi"da belgilanadi. 58- va 199-sonli avtobuslar esa “NBU sport majmuasi” bekatigacha qatnaydi. 88-sonli yo‘nalish Katta Darxon, Kichik halqa yo‘li va Parkent ko‘chalari orqali, 89- va 95-sonli yo‘nalishlar esa Osiyo, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik shohko‘chasi va Parkent ko‘chalari orqali aylanma yo‘nalishda harakatlanadi.
Ta’mirlash ishlari davomida tutash ko‘chalarda tirbandliklar va avtobuslar qatnov oralig‘ining uzayishi mumkin. Yo‘lovchilarga safarlarini oldindan rejalashtirish va imkon qadar muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etilgan.
