O‘zbek davlat sirki zamonaviy madaniy va sayyohlik maskaniga aylantiriladi
E’lon qilingan sana: · 151

O‘zbek davlat sirkini rivojlantirish va uning sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Xususan, 2,5 ming o‘rinli doimiy ko‘rgazma va madaniy-tomosha maydonini tashkil etish, sirk atrofidagi infratuzilmani yaxshilash hamda turistlar uchun jozibador muhit yaratish taklif qilindi.
Shuningdek, binoda zamonaviy shamollatish va isitish tizimlarini joriy etish, tomdan yomg‘ir suvi o‘tishining oldini olish kabi muammolarni bartaraf etish rejalashtirilmoqda.
Sirkni rivojlantirish bo‘yicha kompleks texnik-iqtisodiy biznes-reja ishlab chiqish uchun Rossiya, Xitoy va Fransiyadan konsalting kompaniyalarini jalb qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi.


